solution icon
“CyberQalqon” telegram-boti
Ushbu Telegram-bot telegram platformasida tarqalib kelayotgan zararli dasturlar va havolalarni tahlil qilib ushbu platforma foydalanuvchilarini zararli dastur va havolalar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishdan iborat. t.me
Afzalliklari
  • advantage icon Xizmatdan foydalanish mutlaqo tekin
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Natijalarning tez tahlil qilinishi
“CyberQalqon” telegram boti

– “Kiberxavfsizlik Markazi” DUK tomonidan ishlab chiqilgan zararli dasturlarni aniqlash va ogohlantirish tizimi hisoblanadi.

Barcha telegram platformasi foydalanuvchilariga tekin va qulay foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

“CyberQalqon” bot yordamida Telegram platformasida turib guruh va chatlarda kelib tushgan shubhali fayllarni tahlil qilish imkoniyati mavjud. Fayl uzatilgandan keyin tezkor va javob bilan birgalikda zararli dasturni o’chirish yuzasidan video darslik namoyish etiladi.

“CyberQalqon”ning maqsad va vazifalari

- mamlakat bo‘ylab tarqaloyotgan zararli fayllarni fuqarolarning murojaati yordamida aniqlash bilan birgalikda fuqaroning o‘zini ham ogohlantirish;

- Telegram-botni guruh admini huquqi bilan ta’minlab zararli dasturlar tarqalishini oldini olish;

- Zararli fayl yoki havolalarni tezkor faoliyatini cheklash.

“CyberQalqon” botidan ro‘yxatdan o‘tish

“CyberQalqon” telegram-botidan ro‘yhatdan o‘tish uchun “https://t.me/CyberQalqonbot ” ushbu havolani ustiga bosib, /start tugmasini bosish kifoya. Ortiqcha so‘rovlarsiz fayllarni tekshirish imkoniyatini taqdim etadi.

QR-kod orqali ulanish imkoniyati

Xizmatlar Telegram mavjud bo‘lgan har qanday operatsion tizim uchun ishlay oladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Zararli dasturlarni zudlik bilan aniqlab fuqaroni ogohlantirish
  • opportunity icon Milliy antivirus loyihasi uchun mukammal bazani yaratib borish
  • opportunity icon Zararli havolalarni tekshirib fuqaroni ogohlantirish
  • opportunity icon Telegram-guruhlarni xavfsiz saqlash