solution icon
"NOTARIUS" AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMI
Tizim O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq tegishli ma’lumotlarni tayyorlash, to‘plash, qayta ishlash, almashish va e’lon qilish bo‘yicha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan e-notarius.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Avtomatlashtirilgan axborot tizimi Davlat tashkilotlarining 30 dan ortiq veb-servislari bilan integratsiya qilingan
  • advantage icon Onlayn-kalkulyator funksiyasining mavjudligi
  • advantage icon Tizim o‘z ish faoliyatini 24/7 prinsipida amalga oshira oladi
Tizim haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida” va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5816-son Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3662-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3741-son qarori.

Normativ-huquqiy asos raqami: 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278. Tizim O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq dolzarb ma’lumotlarni tayyorlash, to‘plash, qayta ishlash, almashish va e’lon qilish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Tizimning maqsadlari

barcha ma’lumotlarni kiritish shakllarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, notarial harakatlarni ro‘yxatga olishni hisobga olgan holda ularni keyinchalik qayta ishlash, boshqa organlarning ma’lumotlar bazalarida zarur ma’lumotlarni qidirish shakllarini birlashtirish, talab qilinadigan nazorat maydonlarini shakllantirish;

“E-notarius.uz” axborot portali va uning mobil ilovasini yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;

Masofaviy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali idoraviy notarial arxivdan elektron imzo bilan tasdiqlangan hujjatlar nusxalarini olish tartibini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bitimlarni raqamlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va yagona elektron notarial arxiv fondini shakllantirish;

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan ko‘chmas mulkni va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish hamda mulkni olib qo‘yish taqiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish, shuningdek, taqiqni olib tashlash (hisobga olish) mexanizmini joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan tasdiqlangan ariza va ishonchnomalarni “Notariat” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborish tartibini joriy etish;

shtamp blankalarini qat'iy hisobga olish.

Vazifalar

Ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonini qayta ko'rib chiqish, shaxslarni aniqlash (biometrik ma’lumotlardan foydalanish), umumiy identifikatorlardan foydalanish, taqiqlarni va qarzdorlikni tekshirish;

notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish funksiyasini kengaytirish, shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jo‘natish funksiyasini qo‘shish;

belgilangan shakllar bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, hisobotlar va boshqa statik ma’lumotlarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shakllarni optimallashtirish;

notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning barmoq izlarini skanerlash asosida biometrik ma’lumotlar bilan taqqoslash yo‘li bilan shaxsni aniqlash mexanizmini joriy etish.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

E-notarius portali orqali fuqaro id.egov.uz Yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetiga kirishi va uning imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Masalan, o‘ziga qo‘yilgan taqiqlar va amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Portal orqali murojaatlarni ko‘rib chiqishning shaffofligi ta’minlanadi; real vaqt rejimida murojaat holati va uni kim ko‘rib chiqayotganini ko‘rish imkoniyati mavjud. Shuningdek, portalga kelib tushgan murojaatlarni monitoring qilish orqali har bir hududda tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan aniq muammoni aniqlash mumkin.

Qo‘shimcha:

“Notarius” AAT  va “FHDYO yagona elektron arxivi” AT o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi elektron hamkorlik orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda notarius fuqarolik holatini aniqlash, tug‘ilish, nikoh, ajrim  va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati yaratilgan.

Ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish, ma’lumotlarning tezkorligini oshirish maqsadida Oliy sud, Bosh Prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi elektron tizimlari orqali avtomototransport va ko‘chmas mulklarga taqiq to‘g‘risida ma’lumotlarni almashish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining elektron tizimi orqali xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqida ma’lumotlarni elektron tarzda olish tizimi yaratilgan

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Fuqaroni yuz qismi va barmoq izi bilan verifikatsiya qilish imkoniyati mavjud
  • opportunity icon Masofadan turib notarial harakat qilish imkoniyati mavjud
  • opportunity icon Tizimdan notariuslar uchun maxsus VPN tarmog‘i orqali hamda fuqarolar uchun e-notarius portali orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan
  • opportunity icon Ko‘chmas mulklarni hamda avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun avtomatik tarzda yuborish imkoniyati yaratilgan