O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son farmoning 5-ilova 98-maqsadining 21-bandiga asosan Aholini favqulodda vaziyatlar, kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar mutaxassislarini xizmat va ishdan ajralmagan holda (masofadan turib) ish joylarida o‘qitish tizimini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.
Milliy ta’lim platformasining asosiy maqsadi O‘bekistonda aholini favqulodda vaziyatlarda kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash hamda volontyorlikka o‘rgatishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdan iborat.
Milliy ta’lim platformasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– aholini favqulodda vaziyatlarda kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayorlash
– aholin qancha qismini favqulodda vaziyatlarda kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha o‘qiganligini aniqlash;
– respublikamiz hududlaridagi aholini uyda, ishda va o‘ziga qulay bo‘lgan joyda hamda istalgan vaqtda online o‘qishini ta’minlash
Platformadan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

