Portalning maqsadi — sud organlariga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sud xizmatlarini koʻrsatish jarayonini soddalashtirish va elektron muhitni taʼminlashdir.
Vazifalar:
Sud xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatishni taʼminlash;
Sud ishlari va muhokamalari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish;
Sud organlari bilan elektron aloqani yoʻlga qoʻyish;
Sud qarorlari va hujjatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati;
Sud tizimida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash;
Inson omili taʼsirini kamaytirish va sarflanadigan vaqtni qisqartirish.