INormativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni
Normativ-huquqiy asos raqami: PF-113, 20.04.2022
Davlat xizmatlaridan (elektron davlat xizmatlari) foydalanishga ruxsat berish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijalarini olish, shuningdek, hisobga olish ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish uchun mo‘ljallangan platforma
Davlat xizmatlaridan (elektron davlat xizmatlari) foydalanish va davlat xizmati natijalarini, jumladan tayyor haydovchilik guvohnomasi, identifikatsiya ID-kartasi, xorijga chiqish biometrik pasporti, avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi hamda davlat raqam belgilarini olish uchun vakolat berish;
Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish va ulardan foydalanish uchun soddalashtirilgan tartibda vakolat berish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan barcha yuridik shaxslar tomonidan berilgan ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
Notariuslar tomonidan berilgan ishonchnomalarning amalda ekanligini tekshirish va boshqalar.
Yuridik va jismoniy shaxslar hamda notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning haqiqiyligini (muddati, ishonch berilgan shaxslar, sohalar va boshqalar) onlayn rejimda tekshirish;
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda hamda ma’muriy jarayonlarda uchinchi shaxslarning vakilligi platforma orqali aniqlanadi va ishonchnoma nusxalarini talab qilish taqiqlanadi;
Jismoniy shaxslar tomonidan ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi:
Foydalanuvchi ERI yoki Mobil-ID orqali identifikatsiyadan o‘tadi;
Platformaga kiradi;
“Jismoniy shaxs” bo‘limini tanlaydi;
– davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolat beradi;
– davlat xizmati natijalarini olish uchun vakolat beradi;
– shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish uchun vakolat beradi;
Vakolat berishda xizmat turi tanlanadi, ishonch bildirilayotgan shaxs ma’lumotlari kiritiladi hamda vakolat muddati (bir martalik yoki ko‘p martalik, maksimum 3 yil) belgilanadi.
Yakunida unikal raqam shakllanadi va ishonchli shaxs ushbu raqam orqali YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazida boshqa shaxs nomidan harakat qilishi mumkin.