“Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizim (AHDMET) — akademik harakatchanlik dasturlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, talabgorlarning arizalarini qabul qilish, hujjatlarni ko‘rib chiqish, tanlov va saralash jarayonlarini boshqarish hamda ishtirokchilar faoliyatini monitoring qilishga mo‘ljallangan axborot tizimidir.
Tizim akademik mobillik dasturlari bo‘yicha e’lonlarni joylashtirish, talabgorlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, ariza va hujjatlarni qabul qilish, loyihalarni baholash va saralash, moliyalashtirilgan loyihalarni monitoring qilish hamda tegishli hisobotlarni shakllantirish imkonini beradi.
AHDMET akademik harakatchanlik jarayonlarida qog‘ozbozlik va inson omilini kamaytirish, ma’lumotlarni yagona bazada shakllantirish, tanlov jarayonlarining shaffofligi va nazoratini oshirish hamda boshqaruv samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Akademik harakatchanlik dasturlarini yagona elektron muhitda boshqarish va muvofiqlashtirish.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish hamda tanlov jarayonlarini raqamlashtirish. Talabgorlarni saralash va baholash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash. Akademik mobillik bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Dasturlarni amalga oshirish jarayonlarini monitoring va tahlil qilish.
Akademik harakatchanlik dasturlarini shakllantirish va e’lon qilish. Talabgorlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va arizalarni qabul qilish. Talabgorlarning hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish va ko‘rib chiqish. Tanlov ishtirokchilarini saralash va baholash jarayonlarini tashkil etish.
Ekspertlarni biriktirish va baholash jarayonini muvofiqlashtirish. Tanlov natijalarini shakllantirish va rasmiylashtirish.
Moliyalashtirilgan loyihalar va ishtirokchilar faoliyatini monitoring qilish. Statistik va tahliliy hisobotlarni shakllantirish.
Foydalanuvchilar va ularning vakolatlarini boshqarish.
Tegishli axborot tizimlari bilan ma’lumot almashishni ta’minlash.
