solution icon
“Pensiya-2”
“Pensiya-2” dasturiy taʼminoti — Oʻzbekistonda pensiya taʼminoti sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi — jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish. main.pfmf.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Elektron arizalarni qabul qilish;
  • advantage icon Mehnat daftarchalari va boshqa hujjatlar asosida mehnat stajini hisoblash;
  • advantage icon Pensiya miqdorini avtomatik hisoblash (sugʻurta va davlat pensiyalari uchun);
  • advantage icon Pensiya toʻlovlarini nazorat qilish;
  • advantage icon Arxiv maʼlumotlar bazalari bilan ishlash.
Dasturning maqsadi

“Pensiya-2” dasturiy taʼminotining asosiy maqsadi — pensiyalarni tayinlash va toʻlash jarayonlarini raqamlashtirish hamda avtomatlashtirish hisobiga fuqarolarga tezkor, aniq va shaffof xizmat koʻrsatishni taʼminlashdir. 

Pensiyalarni tayinlash uchun zarur boʻlgan mehnat staji, daromadlar va boshqa maʼlumotlarni elektron yuritish;

  • Pensiya tayinlash jarayonini avtomatlashtirish; 

  • Pensiyalarni aniq va tezkor hisoblash; 

  • Davlat pensiya jamgʻarmasi va unga aloqador boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligi.

Statistika

 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Hujjatlarni qogʻozsiz shaklda yuritish;
  • opportunity icon Xatoliklar sonini kamaytirish;
  • opportunity icon Tezkorlik va shaffoflik;
  • opportunity icon Qaror qabul qilishda inson omilini kamaytirish.