Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabr kunidagi ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-sonli Farmoni,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-avgust kunidagi PQ-433-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-yanvardagi “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 21-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-aprel kunidagi 109-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda jamiyatda raqamlashtirish tizimini rivojlantirish maqsadida tizim rovijlantirilib borilmoqda.
Mazkur tizim qulaylikari;
- Barcha yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarni onlayn tarzda qidirish, sotib olish va kuzatish imkoni mavjud — bu an’anaviy chiptaxonaga borib navbat kutishga hojat qoldirmaydi. Ya’ni Marshrut va sanani tanlab, poyezd yo‘nalishlarini qidirish va chiptalarni tez sotib olish mumkin.
- Foydalanuvchilar tomonidan bank kartalari orqali onlayn xavfsiz to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
- Onlayn tarzda xarid qilingan chiptalar QR-kod bilan tekshiriladi va smartfonda ko‘rsatish orqali poyezdga chiqish qulay.
- eticket.railway.uz veb-sayti yo‘lovchi poyezdlarning nomlari, yo‘nalishlari va jadvalini to‘liq ko‘rsatadi, shuning uchun sayohatni oldindan rejalashtirish imkoni mavjud.
Umumiy qilib, eticket.railway.uz sayti yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarini xarid qilishni oson, tez va qulay tizimi hisoblanadi - ayniqsa sayohatni oldindan rejalashtirayotganlar uchun.
Tizim maqsadlari:
Mazkur tizimning (eticket.railway.uz) asosiy maqsadi — yo‘lovchilarga temir yo‘l chiptalarini onlayn, tez va qulay tarzda sotib olish imkonini yaratish hamda chipta savdo jarayonini raqamlashtirishdir.
Tizim vazifalari:
Tizimning vazifasi — chipta sotish jarayonining barcha (qidirish → sotib olish → to‘lash → foydalanish → qaytarish) amaliyotlarini to‘liq avtomatlashtirish va yo‘lovchi uchun qulay tizim yaratish.
Bugungi kunda eticket.railway.uz foydalanuvchilar soni o‘rtacha 1.5 mlnni tashkil qiladi.
Mazkur eticket.railway.uz tizimi;
Mazkur tizim Rossiya Federatsiyasining ASU “Exspress-3” tizimiga integratsiya qilingan.