"Raqamli hukumat - 2028" strategiyasi

Missiya

Bizning missiya - raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish

Umumiy qoidalar

“Raqamli hukumat – 2028” strategiyasi (keyingi oʻrinlarda – Strategiya) ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini taʼminlash, shu jumladan raqamli davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining raqamli hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari hamda oʻrta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Raqamli hukumatni rivojlantirishning asosiy tamoyillari

Raqamli hukumatni rivojlantirishning asosiy 9 ta tamoyili quyidagilar hisoblanadi:

Raqamli hukumatni rivojlantirishning asosiy tamoyillari

Strategiyaning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog’liqligi

“Raqamli hukumat - 2028” strategiyasi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan ustuvor vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. 
O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadiga erishishga 9 ta milliy vazifa qaratilgan bo‘lib,
4.4-vazifaga muvofiq 2030-yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega bo‘lish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ko‘nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish belgilangan. Ushbu vazifani amalga oshirilishini o’lchovchi ko’rsatkichlardan biri “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalarning ulushi (ko‘nikma turlari bo‘yicha)” bo‘lib, “Raqamli hukumat - 2028” strategiyasining 2.6.-bo‘limida aholining barcha qatlamlari orasida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar belgilangan. 
Shuningdek, Strategiyaning 2.2-bo‘limida (Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari) keltirilgan chora-tadbirlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish hamda Internetdan foydalanishni hamma uchun ochiq va arzon bo'lishini ta’minlashga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 9.c-maqsadiga erishishga xizmat qiladi.

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasi

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida 2030 yilgacha 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha erishiladigan 100 ta maqsad va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan. Ushbu maqsadlarning 33- 57- va 77-lari raqamlashtirish sohasi bilan bevosita bog‘liq. Hususan, «O‘zbekiston - 2030» strategiyasining 57-maqsadida raqamli hukumat yo‘nalishi bo‘yicha BMTning Elektron hukumat reytingida top-30 talikka kirishga erishish, «Raqamli hukumat» dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish,  77-maqsadga muvofiq esa - davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan. Jumladan, “Raqamli hukumat - 2028” strategiyasining 2.2-bo‘limida Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, 2.3.- bo‘limida davlat xizmatlarini raqamlashtirishni rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar qayd etilgan. 

Maqsadli ko‘rsatkichlar
Ko‘rsatkich nomi
O’lchov birligi
2027-yil
2028-yil
Yagona portaldagi elektron xizmatlar soni, shundan:
ta
970
1 060
Yagona portalning mobil ilovasidagi xizmatlar soni
ta
727,5
795
Yagona portal foydalanuvchilari soni
mln nafar
14,8
17
Yagona portalda ko'rsatilgan xizmatlar soni
mln.ta
43,2
51,84
«id.egov.uz» foydalanuvchilari soni
ming nafar
15 300
17 500
Integratsion platforma orqali ma'lumot almashinuvi soni
mln.ta
4 179,6
4 776,7
Yagona billing orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni
mln.ta
67,5
74,1
BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida “Top-30” talikka kirishga erishish
o'rin
-
45
Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
ulushini 90 foizdan oshirish
foiz
75
80
Faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish
foiz
30
35
Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan xizmatlar ulushini jami xizmatlarga nisbatan 60 foizga yetkazish
foiz
40
45
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushi
foiz
3
5
“Raqamli hukumat” tizimining yagona platformasiga ulangan servislar sonini 700 taga yetkazib, hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo‘lishini taʼminlash.
ta
550
600