Mazkur axborot tizimini joriy etish orqali quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirishga erishilgan:
- Vazirlik tomonidan belgilangan muddat mobaynidaistalgan vaqtda talabalardan ariza va tegishli hujjatlarni qabul qilish;
- respublikaning barcha OTMlari boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarining monitoringi va statistik koʻrsatkichlarini yuritish;
- OTMning oʻqishni koʻchirish uchun topshirilgan arizalar natijalarini qayd qilish.
- tegishli hujjatlarning elektron nusxalarini biriktirib onlayn arizalar berish;
- arizalarning koʻrib chiqish jarayonlari monitoringini yuritish va nazorat qilish;
- oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha tegishli komissiyalar aʼzolari tomonidan hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilishi va boshqarilishi;
- oliy taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda – OTM) boʻysunuvidagi vazirlik va idoralarda oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash arizalarini koʻrib chiqish va tegishli qarorlarni qabul qilish;
- oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash arizalarining koʻrib chiqilish holatlari va qabul qilingan qarorlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni turli kesimda shakllantirish;
- oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash jarayonlarining odilona va shaffof muhitini yaratish orqali interaktiv onlayn xizmatlar koʻlamini oshirish.
Axborot tizimi xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Shuningdek, qisqa sms-parol orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratilgan.