solution icon
Bilim va malakalarni baholash agentligining interaktiv xizmatlar portali
"Virtual markaz" onlayn platformasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishiga ariza topshirish uchun mo'ljallangan my.uzbmb.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Abituriyentlar (Talabgorlar) ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish va yagona bazaga jamlash
  • advantage icon Qabul jarayonlarini shafofligini ta’minlash
  • advantage icon Qabul jarayonlarida qog‘oz hujjat aylanishini oldini olish
Loyiha haqida

Davlat test markazi elektron xizmatlaridan foydalanuvchilarning ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish, DTM tomonidan e’lon qilinadigan yangiliklarni doimiy taqdim etib borish, taqdim etiladigan xizmatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berish, test topshiruvchilarning tanlovi asosida ariza shaklantirish va test topshiriladigan hudud va vaqti bo‘yicha ma’lumotlar berish yagona bazaga jamlash

Loyihaning maqsadi

- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish istagini bildirilgan abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini “online” ro‘yxatga olish tizimini joriy etish va abituriyentlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 

- ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlashi; 

- ma’lumotlarning qulay va tushunarli ko‘rinishlarda aks ettirilishini ta’minlash; 

- Umumiy abituriyentlar markazlashgan bazasini yaratish va nazorat qilish natijasida ish samaradorligini oshishiga erishish; 

- AT tizimi kundalik holati belgilangan qabul qilish kunlari mobaynida uzlukliz to‘liq funksiyalar bilan ishlashini ta’minlash orqali abituriyentlarning belgilangan kunlarda istalgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlashga erishish; 

- Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali my.gov.uz platformasiga integratsiya qilish orqali foydalanuvchilarga qulaylik yaratish. 

- OTM kirish imtixonlariga qatnashish istagi bo‘lgan fuqarolarni to‘liq qamrab olish; 

- Qabul jarayonlarini shafofligini ta’minlash; 

- Qabul jarayonlarida qog‘oz hujjat aylanishini oldini olish; 

- Abituriyentlar ma’lumotlari asosida mos toifa guruhlariga ajratish hamda test o‘tkazish kunlari, test smenalarini, abituriyent o‘tirish o‘rnini belgilash; 

- Abituriyentning mavjud imtiyoz toifasidan kelib chiqqan holda yakuniy test natijalarini hisoblashda, e’lon qilishda foydalanish

Loyiha vazifalari

- Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish va yagona bazaga jamlash; 
- Turli toifadagi foydalanuvchilarni yaratish va nazorat qilish; 
- Abituriyentlar fotosuratlarini saqlash; 
- Ma’lumotlar asosida abituriyent qayd varaqasini shakllantirish; 
- Turli imtiyozlar bo‘yicha abituriyentlar ro‘yxatlarini tuzish; 
- Abituriyentlarni turli parametrlar bo‘yicha saralash va izlashni amalga oshirish.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Diagnostik test materiallariga buyurtma berish
  • opportunity icon Milliy sertifikatlar haqida ma'lumot
  • opportunity icon Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul
  • opportunity icon Professional ta’lim muassasalariga qabul