TOMCHI mobil ilovasi – Suv tejovchi texnologyalar sohasida to‘liq rasmiy ma‘lumot beruvchi yagona platforma hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan ushbu ilova xizmatlari Yagona portalga ham integratsiya qilingan.
Ilova yordamida uydan chiqmasdan suv tejash texnologyalari bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega bo‘lish, kalkulyator, subsidya xisoblash, korxonalar bazasi va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun cho‘ntak ilovasi bo‘lishi kifoya. Masalan, ma’lum bir yer maydoniga qanday ekin ekish, maydon yuzasi qismini tanlash orqali o‘sha maydonga qanday turdagi suv tejovchi texnologya jalb etiladi, ularni birlamchi summasi va davlat tomonidan ajratilishi kutilyatgan subsidya miqdori avtomatik shaklda aniqlab beriladi, bundan tashqari soha yuzasidan kerakli video lavhalar, maqolalar, kitoblar, yangiliklar, animatsiyon rasmlar, respublikada faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy korxonalar ma’lumotlari, ularning maxsulotlari turlari, rasmlari, paramtrlari, maxsulot narxlari, oxirgi bajargan ishlar va boshqa ma’lumotlar bilan tanishish imkoni ham bor.
• Mazkur ilova birinchi navbatda O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda suvdan oqilona foydalanish uni tejash, imkon qadar asrab avaylash, aqilli sug’orish orqali barqarorlik va mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan.
• Bu suv resurslaridan samarali foydalanishda davlat idoralaridan tortib fermerlargacha bo‘lgan barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, TOMCHI ongli qarorlar qabul qilish uchun real vaqt rejimida suv tejovchi texnologiyalarga joriy qiluvchi korxonalar bilan bog‘liq ma’lumotlarga oson kirishni ta’minlaydi va fermerlarga barqaror sug‘orish amaliyoti bo‘yicha tushunchalar beradi.
• Fermer va pudratchi korxona o’rtasida ishonchlik ko‘prik vazifasini o‘taydi
• Suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha umum respublika madaniyatini shakllantiradi
TOMCHI mobil ilovasidan xizmatlaridan foydalanish uchun Google play yoki App store sahifalariga kirib, ilovani o‘rnatish lozim. Buning uchun mobil qurilmada internet bo‘lishi kifoya. Internet yetib bormagan joylar uchun ham ilovani “oflayn” versiyasi “APK” shaklda taqdim etiladi va bemalol ishlatish mumkin.
Suv tejamchi texnologyalar korxonalari, yoki fermerlar mobil ilova orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirishlari mumkin