solution icon
Milliy geoaxborot portali
MILLIY GEOAXBOROT PORTALI open.ngis.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoni
  • advantage icon Ko‘chmas mulkka bo’lgan huqularning davlat reestridagi ochiq ma’lumotlarni bir zumda olish imkoni
  • advantage icon Tizimdan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklar ro‘yhatini olish imkoni
PORTALNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Axborot tizimini yaratishdan maqsad ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi ochiq ma’lumotlarni Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalariga, jismoniy va boshqa yuridik shaxslarga taqdim etish. Axborot tizimining vazifasi 2 yo‘nalishda, ya’ni davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga Elektron hamkorlik moduli (veb-servis) asosida xizmatlar ko‘rsatish va texnologik yo‘riqnomalar asosida integratsiya qilish yo‘li bilan ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat.

PORTALDA RO‘YXATDAN O‘TISH

Milliy geoaxborot portal xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Foydalanuvchi milliy geoaxborot portaldan foydalanib, istalgan va qulay vaqtda davlat reestrdagi ochiq ma’lumotlardan foydalanishi
  • opportunity icon Kadastr kitobi to’g’risida ma’lumot olishi
  • opportunity icon Avtomobil yo’llari to’g’rida ma’lumot olishi mumkin