solution icon
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ushbu portal huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasida davlatning asosiy huquqiy axborot resursi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini eʼlon qiladigan yagona rasmiy elektron manbadir lex.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Foydalanuvchilar elektron resurs sifatida foydalanish, nusxa koʻchirish, hujjatlar ichida berilgan havolalar orqali boshqa hujjatlarga tezkor va oson oʻtish imkoniyatiga ega
  • advantage icon Qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar tezkor yangilab boriladi, bu foydalanuvchilar uchun oldingi va keyingi tahrirlarini koʻrish va taqqoslash imkonini beradi
  • advantage icon Bazada hujjatlarni turli xil kategoriyalar asosida, shu jumladan qonunchilik tarmoqlariga koʻra qidirish tizimining mavjudligi foydalanuvchilar uchun kerakli hujjatlarni topishni osonlashtiradi
  • advantage icon Bazada havolalar yoki muayyan boʻshliqlar mavjudligini koʻrsatib bergan havolaki normalarga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha axborot sifatida koʻrsatiladi
Milliy baza haqida

Ozbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi Ozbekiston RespublikasiningHuquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash togrisidagi Qonuni hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-sonliQonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan faoliyat yurituvchi huquqiy axborot izlash tizimi bolib, normativ-huquqiy hujjatlarni oson hamda qulay shaklda izlash va ular bilan tanishish imkonini beradi.

Milliy bazaning maqsad va vazifalari

1. Tizimda barcha turdagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa tusdagi hujjatlarning elektron bazasini yaratish hamda rasmiy manbalardan foydalangan holda ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish hamda elementlari bo‘yicha yuridik tahlil qilish texnologiyasini qo‘llash;

2. Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori, qonunchilik mavzuli ma’lumotnomasi, alfavit-predmetli ko‘rsatgichlar hamda tushuncha va terminlar ma’lumotnomasi asosida tizimda barcha turdagi normativ-huquqiy hujjatlarni izlash, ma’lumotlarini tahlil qilish;

3. Tizim orqali qonunchilik hujjatlari bo‘yicha ishonchli axborot olish hamda unda bo‘layotgan o‘zgarishlardan tezkor ravishda xabardor bo‘lish (elektron pochta orqali qonunchilikdagi yangiliklar haqida xabar olish);

4. Yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta’minlash orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish;

5. Jamiyatni huquqiy axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish; 

6. Imkoniyati cheklangan shaxslarning tizimdan foydalanish imkoniyatini oshirish hamda milliy bazadagi katta hajmdagi ma’lumotlarni qulay hamda tez topish imkonini yaratish.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Milliy baza orqali dunyoning istalgan mamlakatidan turib Internet tarmog‘iga ulangan holda foydalanish mumkin
  • opportunity icon Tizimdagi barcha ma’lumotlar onlayn tarzda yangilanib boriladi
  • opportunity icon Biror bir qo‘shimcha dasturiy ta’minotni o‘rnatish talab etilmaydi
  • opportunity icon Ma'lumotlarning aniligi va ishonchliligi