solution icon
O‘quvchilarni umumta'lim maktablariga qabul qilishning onlayn tizimi
Umumta’lim maktablarining 1-sinfga o‘quvchilarni qabul qilish, o‘quvchilarni maktabdan maktabga ko‘chirish hamda chet el fuqarolari bo‘lgan o‘quvchilarni maktabga qabul qilish uchun masofadan turib ariza berish imkoniyatini yaratuvchi platforma. my.maktab.uz
Afzalliklari
  • advantage icon 1-sinf qabulda ochiqlik va shafofflik
  • advantage icon Xizmatlardan foydalanish qulayligi
  • advantage icon Xalq ta’limi xodimlari va ota-onalarning vaqtlarining tejalishi
Loyiha haqida

 Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn tarzda qabul qilish axborot tizimi “my.maktab.uz - Mazkur tizim umumta’lim maktablarining 1-sinfiga hamda  maktablarda o`quvchilar harakatini  onlayn tarzda tashkil etish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek turli ovoragarchiliklarni bartaraf etib qulaylik yaratish uchun xizmat qiladi. 
Uydan chiqmagan holda bir nechta maktabni o‘zaro solishtirish. Hujjat topshirishda ota-onalarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olindi. Ota-onalarga biriktirilgan mikrohudud doirasida maktabni tanlash imkoniyati yaratilindi.
 

Tizimning maqsad va vazifalari

-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun ariza berish;
- yashash joyi yaqinidagi maktablarni qidirish, hujjatlarni topshirish, shuningdek, yashash joyini o‘zgartirganda maktabni o‘zgartirish;
-o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabidan boshqasiga o‘tkazish uchun onlayn ariza yuborish;
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyatini yaratish.
Shu bilan birga, qabul jarayonlarida noqonuniy xatti-harakatlar, shu jumladan korrupsiya holatlari oldi olish.
 

Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish

Tizimdan ro`yxatdan o`tish uchun fuqaroning shaxsiy raqami kerak bo`ladi. Ro`yxatdan o`tgan fuqaroga shaxsiy kabinet biriktiriladi. Fuqaro ma`lumotlari va farzandining ma`lumotlari ni kiritgandan so`ng tizimdan foyladanishi mumkin.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Umumta’lim maktablarda 1-sinf o‘quvchilarini qabul qilishda ochiqlik va shaffofligi
  • opportunity icon Hujjatlarni elektron tarzda yuborish
  • opportunity icon Arizalarni ko'rib chiqish holati haqida xabarnomalar olish
  • opportunity icon Maktab quvvatidan kelib chiqib onlayn navbatda turish va jarayoni kuzatish imkoniyati