“Fuqarolarning shaxsiy kabineti” modulining maqsadi fuqarolarga tizim bilan ishlashda maksimal qulaylik yaratish, barcha murojaatlar tarixini bir joyda saqlash imkoniyatini taqdim etishdan iborat.
Ilgari ariza beruvchilar har bir yangi ariza topshirayotganda shaxsiy ma’lumotlarini qayta kiritishlari kerak edi. Endi bunga hojat yo'q.
Shaxsiy kabinetda murojaat etuvchining davlat organlari bilan barcha yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) jamlanadi, bu esa aniq murojaat va unga javob topish jarayonini osonlashtiradi.
Ma’lumotlar bazasida uy-joy, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va bank faoliyati, ishlab chiqarish, sertifikatlashtirish va litsenziyalash, veterinariya xizmatlari, soliqlar va jarimalar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, transport va huquq masalalari, fan va madaniyat, ta’lim, mehnat va bandlik, ijtimoiy hayotning boshqa sohalari kabi istalgan savolga javobni kalit so'zlar yordamida topish mumkin.
Ushbu bo'limda siz davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining funksiya va vazifalari to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, mansabdor shaxslarni qabul qilish kunlari, vaqtlari va aloqa ma’lumotlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu yerda siz so'rovingizni shaxsiy virtual qabulxonaga yuborishingiz mumkin.