solution icon
Yagona maktab ta'lim platformasi
O‘zbekiston Respublikasining “eMaktab.uz” raqamli ta’lim platformasi emaktab.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Tun-u kun onlayn ta'lim ma'lumotlariga kirish: yangiliklar, baholar, uy vazifalari va boshqalar
  • advantage icon Sinfdan tashqari mustaqil ta’lim uchun raqamli ta’lim kontenti
  • advantage icon Mobil ilovalarning mavjudligi
  • advantage icon Bolaning qayerdaligi nazorati
  • advantage icon Baholar tahlili
Loyiha haqida

eMaktab.uz onlayn rejimda dars jadvallarini yaratish, oʻqituvchilar uchun darsbay rejalarni yaratish, oʻquvchilarning davomati va oʻzlashtirishlarini jurnal va kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini beradi, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va ta’limni boshqarish organlariga statistik hisobotlarni shakllantirish vositalarini taqdim etadi. O‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun “eMaktab” tun-u kun baholar va uy vazifalariga kirish, samarali muloqot qilish uchun xavfsiz tarmoq va qo‘shimcha ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. 
“eMaktab” xizmatlari o'qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun mobil ilovalar shaklida ham mavjud.
 

Platformaning maqsad va vazifalari

Maqsadlar
Loyihaning maqsadlari quyidagilar orqali O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini qayd etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan:
– umumiy ta’lim tashkilotlari va ta’limni boshqarish organlarining o‘quv va boshqaruv faoliyati funksiyalari va jarayonlarini avtomatlashtirish;
– ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab oluvchi va raqamli tafovutni bartaraf etish uchun teng foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan yagona ta’lim axborot muhitini yaratish.

Vazifalar
“Kundalik” AATni davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish, ta’lim tashkilotlari hamda ta’limni boshqaruv organlarining ta’lim-tarbiya va boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida DXSh tizimini rivojlantirishni ta’minlash orqali amalga oshirish. 
 

“eMaktab.uz” saytida ro'yxatdan o'tish

“eMaktab.uz” xizmatlaridan foydalanish uchun maktabdagi sinf rahbaridan vaqtinchalik login va kalit so’z olishingiz, so‘ng “emaktab.uz” saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘tish kerak.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon 1) maktab xodimlari uchun funksional imkoniyatlarni taqdim etish: y) maktab profilini yuritish; g) sinf xonalarini shakllantirish; y) jadvalni yuritish; h) fan pdetmeti bo'yicha jurnal yuritish
  • opportunity icon 2) o‘quvchilar va o‘quvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari) uchun funksionallikni taqdim etish: y) maktab kundaligini yuritish; g) uy vazifasi bilan ishlash; y) xabarlar bilan almashish vositasi