Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish uchun elektron navbatni shakllantirish va yo‘llanmalarni rasmiylashtirish ushbu axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish uchun o‘z hududiga yaqin MTTlarni joylashuvi, ulardagi bo‘sh o‘rinlar soni va boshqa ma’lumotlarni, hamda MTTga joylashtirish uchun berilgan ariza holatini muntazam ravishda search.mpe.uz portali orqali tekshirish mumkin.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini reestrini yuritish
- bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish va uni monitoring qilish
- bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga navbatga qo‘yish va tashkilotga qabul qilish