solution icon
Raqamli rivojlanish darajasini idoralararo reytingli baholash tizimi
Davlat va xo‘jaligi boshqaruvi organlarining raqamli rivojlanish darajasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, axborot tizimlarini joriy qilish bo‘yicha baholash tizimi nis.egov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Raqamli rivojlanish darajasini oshirish
  • advantage icon Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish
  • advantage icon Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish
Reyting baholash

Tashkilotlar faoliyatida tegishli normativ huquqiy hujjatlarda tasdiqlangan davlat xizmatlari taqdim etilishini avtomatlashtirish(shu jumladan elektron shaklga otkazish), mamuriy jarayonlarni optimallashtirishtashkilotlarning faoliyatini oshkorligi va ochiqligini oshirishaxborot xavfsizligini taʼminlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va foydalanish darajasini aniqlash va uni baholash uchun foydalaniladiBaholash bir necha bolim va korsatgichlarda amalga oshiriladihar bir ijobiy korsatgich uchun muayyan ball(bahoberiladiBaholash 100 ball tizimda o‘tkaziladi. Bunda 100 ball eng maksimal ko‘rsatgich hisoblanadi.

Baholash ko‘rsatgichlari 2 ta turda bo‘lib, birinchi turdagi ko‘rsatgichlar musibat qiymatga ega bo‘lib ularning ijobiy bajarilganligi uchun muayyan ball beriladi.

Ikkinchi turdagi ko‘rsatgichlar “Salbiy” hisoblanadi hamda ularni tasdiqlovchi omillar mavjudligi uchun muvofiq bo‘limlar/ko‘rsatgichlar bo‘yicha to‘plangan balldan jarima ballari ayirib tashlanadi

Reyting baholash quyidagi maqsadlarga erishishda xizmat qiladi

-Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalarini rivojlantirish darajasini aniqlash;

-raqamlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumatni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish

-reyting baholashni shakllantirish

-davlat xizmatlarni ko‘rsatishda jamoatchilikni keng jalb qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, davlat xizmatlarini taqdim  etishni elektron shaklga o‘tkazish tufayli ularni soddalashtirish va sarsongarchilikni bartaraf etish.

Reyting baholash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tish

Reyting baholash foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug‘ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak hamda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga tashkilot tomonidan NIS.egov.uz axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritishga masʼul etib belgilangan xodim to‘g‘risidagi maʼlumotlarni rasmiy ravishda kiritiladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon OCHIQLIK VA ELEKTRON ISHTIROK INDEKSI
  • opportunity icon ELEKTRON XIZMATLAR INDEKSI
  • opportunity icon FAOLIYATNI RAQAMLASHTIRILGANLIK INDEKSI
  • opportunity icon TASHKILIY MASALALAR