Elektron tizim Internet tarmog’ida mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar bilan tanishish imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, hokimiyatlar tomonidan hujjatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va e'lon qilishda inson omilini minimallashtirishni ta’minlyadi. Jamoatchilik nazorati tufayli hokimiyatlarda korrupsiya va vakolat suiiste’molchilik holatlarini oldini olishga ko’maklashadi.
Tizimda hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o’tkazish, jamoatchilik muhokamasini o’tkazish hamda imzolash bilan bog’liq muddatlar amaldagi qonunchilik talablariga, xususan mehnat qonunchiligiga muvofiq avtomatik belgilanadi. Shunga ko’ra davlat xizmatchilarining ortiqcha vaqt sarfini ham oldi-olinadi.
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarning norma ijodkorligi faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tomonidan g‘ayriqonuniy qarorlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishini oldini olish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat qarorlar ishlab-chiqish, kelishish va qabul qilish faoliyatida jamoatchilik nazoratini va shaffoflikni taʼminlash;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar qarorlar ishlab chiqish, kelshish, imzolash va Internet tarmog‘ida eʼlon qilish faoliyatida ortiqcha qog‘ozbozlik, vaqt sarfini oldini-olish va inson omilini kamaytirish.
Jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan hujjatlar bilan tanishish uchun ro’yxatdan o’tishlari yoki avtorizatsiyadan o’tishlari talab etilmaydi. Davlat xizmatchilari tizimdan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.