solution icon
Tashqi mehnat migratsiyasi uchun xizmatlar ko'rsatish bo'yicha dasturiy majmuasi
Onlayn tizim chet elda vaqtincha ishlashni istagan fuqarolarga ish beruvchi mamlakatda bo'lish qoidalari to'g'risida ma'lumot beradi xorijdaish.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Jarayonlarni raqamlashtirish va ularning shaffofligini taʼminlash
  • advantage icon Fuqarolar uchun masofadan murojaat qilish imkoniyati
  • advantage icon Maʼlumotlarni markazlashgan holda saqlash va tahlil qilish
  • advantage icon Inson omili taʼsirini kamaytirish hisobiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish
  • advantage icon Davlat organlari oʻrtasida tezkor va ishonchli maʼlumot almashinuvini taʼminlash
Loyiha haqida

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda qonuniy va xavfsiz ish bilan taʼminlashga qaratilgan, mehnat migratsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish, arizalarni onlayn qabul qilish, vakansiyalarni boshqarish va davlat organlari bilan avtomatik maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi yagona raqamli axborot tizimi.
 

Tizimning maqsad va vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda qonuniy, xavfsiz va shaffof ish bilan taʼminlash jarayonlarini raqamlashtirish, mehnat migratsiyasini samarali boshqarish hamda davlat organlari va foydalanuvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni avtomatlashtirish.

Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari (vakansiyalar) va ishga joylashish uchun topshirilgan arizalarni elektron boshqarish
Mehnat migratsiyasi boʻyicha maʼlumotlarni yagona axborot tizimida yuritish
Davlat organlari bilan avtomatik maʼlumot almashinuvini taʼminlash
Maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash

Tizimga ro‘yxatdan o‘tish

Tizim xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz). Buni amalga oshirish uchun jismoniy shaxs tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, elektron pochta manzili hamda telefon raqamini kiritishi talab etiladi.

Agar fuqaro ilgari OneID tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, u mavjud login va parol yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kirish imkoniyatiga ega.

Statistika

Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar: 2 497 442 nafar 

Ish beruvchilar: 533 ta

Koʻrsatilgan xizmatlar soni: 1 779 760 ta

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Arizalarni onlayn yuborish va ularning holatini (statusini) kuzatib borish
  • opportunity icon Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishish va ularni boshqarish
  • opportunity icon Davlat organlari bilan avtomatlashtirilgan maʼlumot almashinuvi
  • opportunity icon Maʼlumotlarni markazlashgan holda saqlash va tahlil qilish