e-auksion.uz — jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksionlar va elektron tanlovlarda masofadan turib ishtirok etish imkonini beruvchi, savdolarni tashkil etish, o‘tkazish, natijalarini rasmiylashtirish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtiruvchi elektron savdo platformasidir.
Amaldagi tartibga ko‘ra, platforma elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning savdolarga kirishi va ishtirok etishini ta’minlaydigan axborot tizimi sifatida belgilangan.
Platformaning huquqiy faoliyati, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi. Ushbu nizom auksionni tashkil etish, o‘tkazish, takroriy auksion, hisob-kitob va natijalarni rasmiylashtirish kabi jarayonlarni qamrab oladi.
Elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Mulk, aktiv, yer uchastkalari va boshqa obyektlarni ochiq va shaffof elektron savdolar orqali realizatsiya qilishni ta’minlash.
Savdo jarayonlarida inson omilini minimallashtirish hamda subyektiv qarorlar qabul qilinishining oldini olish.
Savdolarda sog‘lom raqobat muhitini yaratish va ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni ta’minlash.
Fuqarolar va tadbirkorlarning savdolarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini yaratish.
Savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, lotlar va savdo natijalari to‘g‘risidagi axborotdan keng foydalanish imkonini berish.
Savdo jarayonlarini tezlashtirish va qog‘ozbozlik hamda ortiqcha ma’muriy jarayonlarni qisqartirish.
Lotlarni shakllantirishdan tortib savdo natijalarini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni yagona elektron tizimga birlashtirish.
Savdo natijalarini avtomatik aniqlash va elektron shaklda rasmiylashtirish.
Savdolar bo‘yicha ma’lumotlarni yagona axborot bazasida shakllantirish, saqlash va qayta ishlash.
Tizimning asosiy vazifalari elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish, savdo obyektlarini shakllantirish va e’lon qilish, ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qilish, elektron arizalarni qabul qilish va qayta ishlash, savdo jarayonlarini real vaqt rejimida avtomatik boshqarish, narx takliflarini qayd etish, g‘olibni aniqlash, savdo natijalarini elektron rasmiylashtirish, to‘lov va shartnoma jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, takroriy savdolarni tashkil etish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, monitoring, audit, hisobot va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish, shuningdek tegishli davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyani ta’minlashdan iborat.
Onlayn ro’yxatdan o’tish;
Elektron hisobvaraq ochish;
Elektron hisobvaraq elektron tolov tizimlari orqali to’ldirish;
Real vaqt rejimida sotuv jarayonini kuzatib borish
Auksionlarda onlayn qatnashish;
Hujjatlarni elektron rasmiylashtirish
Yakunlangan auksionlar – 25 442 609
Foydalanuvchilar soni – 2 413 121
Mol-mulk/huquq turlari - 180