Tizimga kirish Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, shuningdek elektron pochta orqali yoki elektron raqamli imzo (ERI) yordamida amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
Normativ-huquqiy asos raqami: PF-6044, 24.08.2020
“Litsenziyalash va ruxsatnoma berish jarayonlarini avtomatlashtirish” tizimi — litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonlari avtamatlashtirish;
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligini taminlash;
- litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini o‘tkazish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun xarajatlarni kamaytirish.