solution icon
ATTO —Avtomatlashtirilgan transport to‘lovi tizimi (Avtomatlashtirilgan Transport To‘lov Tizimi).
Jamoat transportida yo‘l haqini naqd pulsiz qabul qilishni tashkil etish, tushumlar shaffofligini taʼminlash, yo‘lovchilar harakatini tahlil qilish va transport boshqaruvini aniq maʼlumotlarga asoslangan holda takomillashtirish. atto.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Naqd pul aylanmasini kamaytirish va shaffoflikni oshirish
  • advantage icon Yo‘lovchilar uchun qulay, tez va kontaktsiz to‘lov imkoniyati
  • advantage icon Tashuvchilar uchun real vaqtda daromad monitoringi
  • advantage icon Yo‘lovchilarga oylik tarif rejalarini taklif etish va undan foydalanishni tashkil etish
  • advantage icon Yo‘lovchilar oqimini aniqlash
Loyiha haqida

ATTO — bu jamoat transportida elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi markazlashgan avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, u bank kartalari, maxsus transport kartalari, QR-kod va mobil ilovalar orqali to‘lovni taʼminlaydi. Tizim validatorlar, markaziy billing platformasi va analitik modullardan iborat.

Tizimning maqsad va vazifalari

Jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovni to‘liq joriy etish va ommalashtirish;

Yo‘l haqi tushumlarining shaffofligi va hisobdorligini taʼminlash;

Yo‘lovchilar oqimini hisobga olish va tahlil qilish;

Imtiyozli yo‘lovchilar hisobini yuritish;

Shahar jamoat transportini boshqarishni maʼlumotlarga asoslangan holda takomillashtirish;

Transport xizmatlari sifatini oshirish va yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish.

Elektron to‘lovlarni qabul qilish;

– Yo‘lovchilar statistikasini yig‘ish;

– Har bir marshrut bo‘yicha daromadni hisoblash;

– Transport harakatini onlayn kuzatish;

– Hisobot va analitika tayyorlash.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

Ilovada ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish uchun PIN kod va bir martalik tekshirish kodini kiritish zarur. Qo‘shimcha tarzda akkauntga kirish uchun faceID orqali kirishni sozlash mumkin. 

Statistika

 

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Virtual kartani ochish va yo‘l haqini to‘lash
  • opportunity icon Yo‘l yig‘imlarini turli usullar bilan to‘lash (QR, NFC, FacePay)
  • opportunity icon Avtobuslar harakatini ko‘rish
  • opportunity icon Shahar xaritasini ko‘rish
  • opportunity icon Terminallar va faollashtirilgan tariflar haqida ma’lumot
  • opportunity icon Terminallar va faollashtirilgan tariflar haqida ma’lumot
  • opportunity icon Metropolitenda FacePay va PalmPay biometrik texnologiyalari yordamida to‘lov amalga oshirish