Subsidiya, kompensatsiya va grant mablag‘larini ajratish hamda nazorat qilish jarayonlarini raqamli shaklda boshqarishga mo‘ljallangan axborot platformasidir. Tizim arizalarni elektron qabul qilish, ularni tekshirish, qaror qabul qilish, moliyalashtirish va natijalarni monitoring qilish bosqichlarini yagona muhitda amalga oshiradi. Ma’lumotlarning markazlashuvi jarayon shaffofligini oshiradi, tahliliy hisobotlarni shakllantirishni osonlashtiradi hamda mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish imkonini beradi.
Tizim maqsadlari:
1. Subsidiya, kompensatsiya va grant mablag‘larini ajratish jarayonlarini raqamlashtirish
2. Arizalarni elektron shaklda qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish
3. Mablag‘lar taqsimoti ustidan shaffof nazoratni ta’minlash
4. Ma’lumotlarni yagona bazada jamlash va tizimli yuritish
5. Tahliliy hisobotlar shakllantirish orqali boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash
6. Mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini monitoring qilish.
7. Jarayonlarda inson omili va ortiqcha byurokratiyani kamaytirish
Tizim vazifalari:
1. Subsidiya, kompensatsiya va grant bo‘yicha arizalarni elektron shaklda qabul qilish va ro‘yxatga olish
2. Arizalarni belgilangan mezonlar asosida tekshirish va ekspertiza jarayonlarini tashkil etish
3. Qaror qabul qilish hamda mablag‘ ajratish jarayonlarini avtomatlashtirish
4. Ajratilgan mablag‘lar harakati va maqsadli sarflanishini monitoring qilish
5. Ma’lumotlarni yagona bazada saqlash va ularning ishonchliligini ta’minlash
6. Statistik, tahliliy va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish
7. Foydalanuvchilar faoliyatini nazorat qilish va audit ma’lumotlarini yuritish
Tizim xavfsizligi hamda ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash
191 817 ta jismoniy shaxs arizasidan atigi 237 tasi (0,1%) tasdiqlangan bo'lib, eng ko'p murojaatlar qishloq xo'jaligi va bandlikni ta'minlash sohalariga to'g'ri keladi. 2 959 615 ta yuridik shaxs arizasining qariyb 88% (2 615 721 tasi) uy-joy bilan bog'liq bo'lib, barcha sohalar bo'yicha tasdiqlash darajasi juda past — 0,5% dan kam. Turizm, geologiya va neft-gaz kompleksi sohalarida esa hech qanday faoliyat qayd etilmagan.
ONEID orqali
ERI orqali amalga oshiriladi
Login va Parol