solution icon
Oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalari o‘tkazish axborot tizimi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish uchun yaratilgan onlayn platforma hisoblanadi olimpiada.edu.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Olimpiadalarda onlayn qatnashish imkoniyati — foydalanuvchilar istalgan joydan olimpiadada ishtirok eta oladi, masofaviy ravishda test topshiriqlarini bajaradi.
  • advantage icon Avtomatlashtirilgan jarayonlar — ro‘yxatdan o‘tish, imtihon topshirish va natijalarni ko‘rish jarayoni tizim tomonidan avtomatik amalga oshiriladi.
  • advantage icon Natijalarni tezkor kuzatish — foydalanuvchilar o‘z natijalari, ballari va sertifikatlarini elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
  • advantage icon Shaffoflik va adolat — barcha test va baholash jarayonlari tizim orqali raqamli tarzda boshqariladi, inson omili bilan bog‘liq xatolar kamayadi.
  • advantage icon Ta’lim muassasalari uchun qulaylik — oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida olimpiadalarni tez va samarali tashkil etish imkonini beradi.
  • advantage icon Ilmiy va akademik rag‘batlantirish — iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish tizimi mavjud
Loyiha haqida

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarini turli fanlar bo‘yicha olimpiadalar orqali rag‘batlantirish va ularni raqamli shaklda tashkil etish uchun mo‘ljallangan onlayn platformadir. Tizim oliy ta’lim muassasalari va talabalarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish, test topshirish, natijalarni ko‘rish va diplom olish kabi jarayonlarni avtomatlashtirilgan holda taqdim etadi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
Bu platforma oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy va akademik olimpiadalarni masofaviy tashkil etish tizimini yaratish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni qo‘llab‑quvvatlashni ta’minlash uchun joriy etilgan.

Tizim vazifalari:
 Bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida onlayn olimpiada o‘tkazish;
 “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
 I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblarni aniqlash va rag‘batlantirish jarayonlarini raqamlashtirish;
Talabalar bilimini chuqurlashtirish, ilm-fan sohasida ta’limni ommalashtirish va targ‘ib qilish.
 

Statistika

Foydalanuvchilar soni: 754
Sayt/portalga tashrif buyuruvchilar soni: 754
 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Platforma oliy ta’lim muassasalari talabalari va ishtirokchilarga taqdim etiladi va onlayn olimpiadalarni boshqarish uchun ishlatiladi
  • opportunity icon Olimpiadalar turli fanlardan (masalan, kimyo, biologiya, fizika, informatika) ro‘yxatga olish va test topshirish orqali o‘tkaziladi.
  • opportunity icon Sayt ro‘yxatdan o‘tish, imtihon topshirish va natija ko‘rish kabi funksiyalarni elektron tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi.
  • opportunity icon 1-bosqichdan muvafaqqiyatli o’tgan talabalarni avtomat saralash
  • opportunity icon Yakuniy natijalarni e’lon qilish