TOMCHI mobil ilovasi - Suv tejovchi texnologiyalar sohasida to‘liq rasmiy ma’lumot beruvchi yagona platforma hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga mo‘ljallangan ushbu ilova xizmatlari Yagona portalga ham integratsiya qilingan.
Ilova yordamida uydan chiqmasdan suv tejash texnologiyalari bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega bo‘lish, kalkulyator, subsidiya hisoblash, korxonalar bazasi va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun cho‘ntak ilovasi bo‘lishi kifoya. Masalan, ma’lum bir yer maydoniga qanday ekin ekish, maydon yuzasi qismini tanlash orqali o‘sha maydonga qanday turdagi suv tejovchi texnologiya jalb etiladi, ularni birlamchi summasi va davlat tomonidan ajratilishi kutilayotgan subsidiya miqdori avtomatik shaklda aniqlab beriladi, bundan tashqari soha yuzasidan kerakli video lavhalar, maqolalar, kitoblar, yangiliklar, animatsion rasmlar, respublikada faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy korxonalar ma’lumotlari, ularning mahsulotlari turlari, rasmlari, parametrlari, mahsulot narxlari, oxirgi bajargan ishlar va boshqa ma’lumotlar bilan tanishish imkoni ham bor.
Mazkur ilova birinchi navbatda O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda suvdan oqilona foydalanish uni tejash, imkon qadar asrab avaylash, aqlli sug‘orish orqali barqarorlik va mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanishda davlat idoralaridan tortib fermerlargacha bo‘lgan barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, TOMCHI ongli qarorlar qabul qilish uchun real vaqt rejimida suv tejovchi texnologiyalarga joriy qiluvchi korxonalar bilan bog‘liq ma’lumotlarga oson kirishni ta’minlaydi va fermerlarga barqaror sug‘orish amaliyoti bo‘yicha tushunchalar beradi.
“Tomchi” mobil ilovasi sug‘orishda tejamkorlik usullari haqidagi axborotlarga tezkorlik bilan ega bo‘lish, ularning afzalliklarini tushuntirish hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishning taxminiy bahosini hisoblash imkonini beradi.
Korxonalar:
Xizmatlar: