“e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi karantin va oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi barcha jarayonlarni raqamli boshqarish va avtomatlashtirish uchun moʻljallangan zamonaviy va ilgʻor yechimdir. Tizim eksport-import operatsiyalarini soddalashtiradi, fitosanitariya sertifikatlarini olish jarayonini tezlashtiradi va oʻsimliklar karantini sohasida xalqaro integratsiyani taʼminlaydi. Ushbu tizim fermerlar, tadbirkorlar va karantin inspektorlari uchun sezilarli qulayliklar yaratadi, eksportni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi hamda oʻsimliklar karantini sohasidagi nazorat samaradorligini oshiradi.
Karantin va oʻsimliklarni himoya qilish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Eksport-import operatsiyalarini soddalashtirish va fitosanitariya sertifikatlarini onlayn rasmiylashtirish.
Zararli organizmlar tarqalishini monitoring qilish.
ePhyto Solutions hamda RFning “Argus-Fito” tizimlari bilan integratsiya qilish orqali xalqaro savdoni qoʻllab-quvvatlash.
Foydalanuvchilar uchun qulay shaxsiy kabinet yaratish.
Statistik hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish.
Karantin zonalarning elektron kartasini yaratish va yangilab borish.
Bojxona tizimi bilan integratsiyalashgan holda eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish.
Ruxsat beruvchi hujjatlarni avtomatik shakllantirish.
Hududda zararli organizmlarni monitoring qilish.
Elektron hujjat aylanishi va masofaviy ishlash.
Xalqaro fitosanitariya tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Fermerlar va tadbirkorlar uchun shaxsiy kabinet yaratish.
Statistik hisobotlarni shakllantirish.
Zararli organizmlar tarqalishining oldini olish.
Fitosanitariya maʼlumotlarini markazlashgan holda boshqarish.
Oʻsimliklar karantini sohasida shaffoflikni taʼminlash.
Xodimlar uchun: Soliq qoʻmitasi tomonidan berilgan ERI kaliti orqali.
Tadbirkorlar uchun: tizimga kirish Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali identifikatsiyadan oʻtgan holda shaxsiy kabinet (cabinet.karantin.uz) orqali amalga oshiriladi.