solution icon
Milliy geoaxborot portali
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlar asosida maʼlumotlarni Milliy geoaxborot tizimi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish. open.ngis.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Qulay vaqtda tizimdan foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlarni tezkor olish imkoniyati
  • advantage icon Tizimdan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ko‘chmas mulklar ro‘yxatini shakllantirish imkoniyati
Tizimni batafsil tavsiflash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi 

PQ-162-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 

Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk huquqlari bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazishdan iborat. 

Portalning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk huquqlari bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazishdan iborat. Shuningdek, ikki yo‘nalish, ya’ni davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga Elektron hamkorlik moduli (veb-servis) asosida xizmatlar ko‘rsatish va texnologik yo‘riqnomalar asosida integratsiya qilish yo‘li bilan ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat.

Tizim vazifalari:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish.

Statistika

Tizimga 01.01.2026y – 06.02.2026y holatiga tashrif buyuruvchilar soni – 23 193 ta, ko‘rishlar soni – 115 790 tani tashkil qiladi.

Axborot tizim bilan mavjud integratsiyalar ro‘yxati:

Davlat personallashtirish markazi;

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi;qarish markazi;

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Milliy geoaxborot portalidan foydalanib, davlat reyestridagi yer uchastkasining kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati
  • opportunity icon Foydalanuvchiga tegishli ko‘chmas mulklar ro’yxatini olishi
  • opportunity icon Foydalanuvchiga tegishli koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlar reyestridan ko‘chirmani yuklab olish imkoniyati