Toshkent shahar hokimining farmoyishiga binoan joylashtirish vositalariga kelgan mehmonlarning vaqtincha ro‘yxatga olinishini hisobga olish uchun E-mehmon tizimi ishlab chiqilgan. Dastur ilk bor 2016-yil aprel oyida Toshkent shahrida sinov rejimida ishga tushirilgan.
Maqsadlar:
Ichki migratsiya sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy va jamoat xavfsizligini ta’minlash.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan yashash va vaqtincha bo‘lishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish va nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibini buzish faktlarini va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratish.
Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida to‘planishi va qayta ishlanishini ta’minlash.
Loyihalashtirilgan tizimning statistik ma’lumotlari asosida turizm sohasini rivojlantirish.
Turistik yig‘imlarni hisobga olish bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida nazorat qilishni ta’minlash.
Vazifalar:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish va nazorat qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibini buzish faktlarini va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlashni avtomatlashtirish.
Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni avtomatlashtirish.
Turistik yig‘imlarni hisobga olish bo‘yicha hisob-kitoblarni nazorat qilishni avtomatlashtirish.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida noqonuniy bo‘lishining oldini olish va bunga chek qo‘yish bo‘yicha boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish.