Tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish portalning asosiy vazifalari hisoblanadi.
“TADBIRKOR VIRTUAL OFISI” axborot portali - tadbirkorlar muammolarini hal etishda davlat organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaffof ishlash tizimi bo‘lib, murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, muammolarni hal etish jarayonini nazorat va monitoring qilish, tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.
Shuningdek, tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish.
- tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish;
- davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tematik onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
- qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul qilish;
- tadbirkorlik subyektlari uchun zarur bo‘lgan xizmatlardan foydalanish, shu jumladan, litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar olish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari bilan ulanish.
Portal orqali murojaatning koʼrib chiqilishida shaffoflik taʼminlanadi, shuningdek real vaqt rejimida murojaat holati va kim tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ko‘rish imkoniyati mavjud. Shuningdek, portalga kelib tushgan murojaatlarning monitoringi orqali har bir hududda tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan aniq muammoni aniqlash imkoniyati mavjud.