solution icon
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (OTKTMYET)
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirish daraja.ilmiy.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish — oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul, hujjatlarni rasmiylashtirish, monitoring va boshqa jarayonlarni yagona elektron muhitda amalga oshirish imkonini beradi
  • advantage icon Yagona axborot makonini shakllantirish — doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka oid ma’lumotlarni yagona tizimda jamlash, saqlash va boshqarishni ta’minlaydi
  • advantage icon Shaffoflik va nazoratni oshirish — tanlov, qabul va boshqa jarayonlarning belgilangan mezonlar asosida elektron yuritilishi inson omilini kamaytiradi
  • advantage icon Idoralararo integratsiya — OneID, davlat axborot tizimlari va tegishli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya orqali ma’lumotlarni avtomatik almashish
  • advantage icon Tahlil va monitoring imkoniyatlari — oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va rahbariyat uchun tezkor hisobotlar tayyorlash imkonini beradi
Loyiha haqida

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (OTKTMYET) — oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish, muvofiqlashtirish va monitoring qilishga mo‘ljallangan axborot tizimidir.
Tizim mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hujjatlarni elektron qabul qilish, tanlov va qabul jarayonlarini boshqarish, doktorantlar hamda ilmiy rahbarlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish va monitoring qilish imkonini beradi.

OTKTMYET qog‘ozbozlikni, ortiqcha ma’muriy yuklamani va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish, ma’lumotlarni yagona bazada shakllantirish, jarayonlarning shaffofligi va nazoratini oshirishga xizmat qiladi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlarini yagona elektron tizim orqali boshqarish va muvofiqlashtirish
Qabul va hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish
Jarayonlarning shaffofligi, tezkorligi va nazorat qilinishini ta’minlash
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Talabgorlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlarini qabul qilish
Tanlov va qabul jarayonlarini elektron shaklda tashkil etish
Doktorantlar, ilmiy rahbarlar va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish
Jarayonlarning borishini monitoring qilish va raqamli nazoratni amalga oshirish
Statistik va tahliliy hisobotlarni shakllantirish
Tegishli davlat axborot tizimlari bilan ma’lumot almashishni ta’minlash.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish
  • opportunity icon Hujjatlarni elektron qabul qilish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
  • opportunity icon Tanlov va qabul jarayonlarini boshqarish
  • opportunity icon Foydalanuvchilar va ularning vakolatlarini boshqarish