solution icon
Tomchi yagona elektron reestr
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchi tashkilotlar va ular tomonidan qo‘llanilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron reestrda shakllantirish, markazlashtirilgan holda saqlash va boshqarishni ta’minlash. reestr.mwr.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tekshirish jarayonlarini soddalashtiradi
  • advantage icon Ma’lumotlarning shaffofligi va ishonchliligini oshiradi
  • advantage icon Kerakli ma’lumotlarni tezkor izlash va olish imkonini beradi
  • advantage icon Hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazadi
Loyiha haqida

“Tomchi-reestr” yagona elektron reestri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona axborot muhitida yuritishga mo‘ljallangan. Tizim suv tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchi tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tekshirish jarayonlarini soddalashtirish, ular hamda taklif etilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markazlashtirish, fermerlar, tadbirkorlar va boshqa foydalanuvchilarga zarur ma’lumotlardan qulay foydalanish imkonini yaratadi. Shuningdek, tizim suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu yo‘nalishdagi ma’lumotlarni monitoring va tahlil qilish imkonini beradi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini soddalashtirish.

“TOMCHI YER” yagona elektron reestrini yaratish (Axborot-resurs markazini tashkil etish).

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning markazlashtirilgan holda saqlanishini ta’minlash.

Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish.

Ishlab chiqilgan axborot tizimining samaradorligini kelgusida baholash uchun miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini shakllantirish.

Qishloq xo‘jaligida suvni tejash, undan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash.

Yuqori texnologiyali agrosanoat birlashmalaridan tortib an’anaviy oilaviy xo‘jaliklargacha bo‘lgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi subyektlarida foydalanilayotgan tomchilatib sug‘orish mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish mexanizmini yaratish.

Statistika

Bugungi kunda reestr.mwr.uz axborot tizimi orqali ishlab chiqaruvchi va quruvchi korxonalar tomonidan jami 518 ta ariza taqdim etilgan. Arizalarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:

95 ta ariza hujjatlar hamda korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganligi sababli rad etilgan;

234 ta ariza belgilangan baholash mezonlari bo‘yicha 60 balldan past ko‘rsatkich qayd etgan;

189 ta korxona 60 va undan yuqori ball to‘plab, “Tomchi-reestr” YaERga kiritish uchun tavsiya etilgan.

Natijada, reyestrga kiritilgan tashkilotlar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, buyurtmachilar uchun ishonchli va malakali korxonalar bazasi shakllantirilmoqda.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Tashkilotlarni tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish va autentifikatsiyadan o‘tkazish
  • opportunity icon Foydalanuvchilar va tashkilotlarning hisob ma’lumotlarini boshqarish
  • opportunity icon Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, yangilash va ko‘rib chiqish
  • opportunity icon Tashkilotlarni tekshirish va ular haqidagi ma’lumotlarni yagona reestr orqali taqdim etish