Normativ-huquqiy hujjat nomi:
Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Normativ-huquqiy asos raqami:
PQ-162-son qarori, 24.05.2023
Suv hisobi axborot tizimi suv yetkazib berish jarayonlarini raqamlashtirish va iste’molchilar uchun hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, suv hisobini yuritish va iste’molchilar olgan suv miqdori uchun dalolatnoma tuzish.
Axborot tizimi suv yetkazib berishga ma’sul bo‘lgan barcha hodimlar uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarishda va irrigatsiya sektori infratuzilma obyektlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanish, shuningdek, suv xo‘jaligi tarmog‘ida resurslardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari bilan iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni raqamlashtirish, idoraviy ishlarda mehnat jamoasini samarali boshqarish hamda xodimlarning ish unumdorligi va axborot bilan ta’minlanganlik darajasini tubdan yaxshilab, kundalik ish yuritishdagi vaqt va moddiy resurslarning sarf-xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi.
- Suvdan foydalanuvchilar bilan suv iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro suv hisob-kitobiga oid ma’lumotlarning raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish, unda ishtirok etuvchi tarmoqlarda qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat yuritish jarayonida inson omilini qisqartirish;
- Suvdan foydalanuvchilarga suv yetkazib berish shartnomalarini, buyurtmanomalarni, bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi taqqoslash dalolatnomasi kabi buxgalteriya hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi, to‘lovlar va debitor-kreditor qarzdorliklar kabi ko‘rsatkichlarning monitoringini avtomatlashtirish;
- Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish va suv xo‘jaligi munosabatlarini tizimli tartibga solish;
- Suv yetkazib berishda suv taqsimoti va hisob-kitob ishlarini yuritishni osonlashtirish, ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi, ishonchliligi va tezkorligiga erishish;
- Suv hisob-kitobi ishlarini yuritish bilan shug‘ullanuvchi ishchi kuchi, aloqa, transport, qog‘oz va boshqa turdagi sarf-xarajatlarni 50 foizga tejashga erishish;
- Joylardan olinadigan ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan tartibda to‘planishi, ularning ishonchli, to‘liq va aniq bo‘lishiga erishish;
- Turli shakllardagi hujjatlar va hisobotlarni tayyorlash, topshirish va saqlashdagi ovoragarchiliklarni kamaytirish;
- Suv resurslarini oqilona taqsimlash natijasida qishloq xo‘jaligi tovar (mahsulot) ishlab chiqarilishi hosildorligini 15–20 foizga oshirishga erishish;
- Suv bilan ta’minlash jarayonlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishda tizimli nazorat o‘rnatilishiga erishish;
- Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining industrial va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishdan manfaatdorligini oshirish;
- Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlarni axborotlashtirish;
- Mehnat jamoasini samarali boshqarish, xodimlarning ish unumdorligi va axborot bilan ta’minlanganlik darajasini tubdan yaxshilash, axborot tizimidan foydalangan holda ish yuritishdagi vaqt va sarf-xarajatlarni 20–25 foizga qisqartirish.
Oxirgi 3-5 yil uchun raqamlarda statistika (foydalanuvchilar soni 693 336 ta, integratsiyalashgan tizimlar soni 9 ta, tashqi davlat organlari/ishtirokchi tashkilotlar soni 5 ta, operatsiyalar/tranzaksiyalarning umumiy hajmi yo'q, sayt/portalga tashrif buyuruvchilar soni 693 557 ta, samaradorligi, mavjudligi, talabchanligi va ishlash qobiliyatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘rsatkichlar Qog'oz xarajatlarining nolga tushirilishi, Suv resurslarining ratsional taqsimlanishi, Kadrlarning operatsion yuklamasini qisqartirish, Xizmat ko'rsatish vaqti (SLA) qisqarishi, Tezkor moliyaviy hisob-kitoblar, Ma'lumotlar haqqoniyligining yuqori darajasi, Uzluksiz ma'lumotlar almashinuvi, 24/7 ishchi holati va qulaylik, Yagona interaktiv boshqaruv paneli)