Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoyishiga, shuningdek, “Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasining 4-ilovasi 1–3-bandlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son Qaroriga 5-ilova Yoʻl xaritasining 10-bandiga muvofiq Yagona mahalla platformasini joriy etish koʻzda tutilgan.
Mahallalarning tarqoq axborot platformalarini yagona raqamli tizimga birlashtirish.
Mahallaga oid maʼlumotlarni Elektron hukumatning Yagona integratsiyalashgan platformasi orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilishni taʼminlash hamda mahalla kesimida konsolidatsiyalangan maʼlumotlarni shakllantirish.