«E-VISA» tizimi xorijiy fuqarolarning O'zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish uchun O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralariga majburiy murojaat etish tartibini bekor qilish orqali optimallashtiradi. Tizim murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlarini qisqartirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi.
Tizim maqsadlari:
Xorijiy fuqarolarning kirish vizasini olish jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda maksimal soddalashtirish.
Elektron kirish vizalarining yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish orqali markazlashtirilgan tizimni yaratish.
Tizim vazifalari:
Aeroport va temir yo'l vokzallarida avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini va solishtirish tizimini joriy etgan holda nazoratni soddalashtirish.
Xorij fuqarolarining kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga majburiy murojaatini bekor qilish.
Jami arizalar (anketalar) soni: 184 318 ta.
Kunlik tashrif buyuruvchilar soni: 2 000 dan ortiq.