solution icon
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarini yuritish
Bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish tizimi pasportbino.uz
Afzalliklari
  • advantage icon 24/7 rejimida masofadan foydalanish imkoniyati;
  • advantage icon Jarayonlarni avtomatlashtirish;
  • advantage icon Maʼlumotlarning xavfsizligi va ishonchliligi;
  • advantage icon Boshqa tizimlar bilan integratsiya qilish imkoniyati.
Loyiha haqida

Ushbu skrinshot axborot tizimining monitoring paneli (Dashboard) bosh sahifasini aks ettiradi. Bosh sahifada tizimning asosiy axborot-funktsional imkoniyatlari, avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan menyular, shuningdek, muhim maʼlumotlar joylashtirilgan. Interfeys avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchi uchun qulay va tushunarli shaklda ishlab chiqilgan boʻlib, bu tizim funksiyalaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Bosh sahifa orqali avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchilar tizimning asosiy boʻlimlariga tezkor kirishlari, maʼlumotlarni kiritishlari, oʻzgartirishlari va texnik pasportlarni shakllantirishlari mumkin.

Ushbu tizimni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-juliyadagi PQ-4794-son qarori va 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni asos boʻlib xizmat qiladi.

Ushbu axborot tizimi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Tizim veb-platforma hisoblanadi va foydalanuvchilar undan masofadan turib foydalanish imkoniyatiga ega. Tizimda foydalanuvchilar rollariga asoslangan kirish huquqlari oʻrnatilgan, axborot xavfsizligi esa amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq taʼminlanadi.

Portalning maqsadi va vazifalari

ATga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlarni seysmik zaifligi boʻyicha tasniflash va ularning texnik holatini baholash; Bino va inshootlarning, shuningdek, koʻp kvartirali turar joy binolarining seysmik bardoshlilik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish.

Bino va inshootlarning seysmik holat boʻyicha koʻrsatkichlari

  • Seysmik bardoshli binolar: 176 757 ta (jami binolar sonining 97% ini tashkil etadi)
  • Oʻrganishni talab etadigan binolar: 3 917 ta (jami binolar sonining 2% ini tashkil etadi);
  • Seysmik defitsitli (zaif) binolar: 1 560 ta (jami binolar sonining 1% ini tashkil etadi).

Tizimning umumiy statistik tahlili

  • Jami bino va inshootlar: 182 470 ta;

  • Yangi qurilgan bino va inshootlar: 21 771 ta;

  • Mavjud bino va inshootlar: 160 699 ta.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Yangi bino va inshootlar boʻyicha maʼlumotlar;
  • opportunity icon Eski (mavjud) bino va inshootlar boʻyicha maʼlumotlar;
  • opportunity icon Suv omborlari va gidrotexnik inshootlar boʻyicha maʼlumotlar.