Android operatsion tizimida ishlovchi mobil ilova bo‘lib, foydalanuvchilarga qurilmaga o‘rnatilgan ilovalarning qanday ruxsatlarga ega ekanligini tahlil qilish imkonini beradi.
Tizim Android OS’ning rasmiy API va xavfsizlik mexanizmlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Ilova foydalanuvchi bilmagan holda kamera, mikrofon, SMS, qo‘ng‘iroqlar, joylashuv (location) kabi xavfli ruxsatlardan foydalanayotgan ilovalarni aniqlashga yordam beradi.
Mobil ilova offline rejimda ishlaydi.
Foydalanuvchidan hech qanday ma’lumot yig‘maydi.
Faqat foydalanuvchiga xavfli ilova aniqlanganda xabarnoma yuborish(Notification) uchun ruxsat so‘raydi.
Mobil qurilmalarda axborot xavfsizligini oshirish
Xavfli ruxsatlarga ega ilovalarni aniqlash
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash
Android ilovalari faoliyati ustidan shaffoflikni ta’minlash
Qurilmada o‘rnatilgan ilovalarni aniqlash
Har bir ilovaning berilgan ruxsatlarini tahlil qilish
Xavfli ruxsatlar bo‘yicha ogohlantirish berish
Foydalanuvchini xavfsizlik bo‘yicha xabardor qilish
Check Permission mobil ilovasidan foydalanish uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.