solution icon
“XAVFSIZLINK.UZ” onlayn xavfsizlik platformasi
Xavfsizlink.uz — havolalarni tekshirish va ulardagi shubhali faoliyatni aniqlashga mo‘ljallangan. xavfsizlink.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Shubhali havola va fayllarni tezkor hamda aniq tekshiradi
  • advantage icon Kamera, mikrofon va lokatsiyaga ruxsatsiz kirish holatlarini oldindan aniqlaydi
  • advantage icon Havolaga kirilganda avtomatik yuklab olinadigan fayllarni tekshiradi va ularning xavfsizligini baholaydi
Loyiha haqida

Xavfsizlink.uz — siz bilmagan holda shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi mumkin bo‘lgan havola va fayllardan himoya qiluvchi tizimdir.

Birgina bosilgan havola kamerangizni yoqishi, joylashuvingizni aniqlashi yoki mikrofoningiz orqali sizni eshitish mumkin. Ko‘plab zararli saytlar aynan shunday yo‘l bilan foydalanuvchilarni aldab, maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritmoqda.

Xavfsizlink.uz shubhali saytlar, firibgarlik havolalari va yashirin zararli fayllarni aniqlab, foydalanuvchini ogohlantiradi.

Bu tizim barcha internet foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — sizni firibgarlik va ma’lumotlar o‘g‘irlanishidan himoya qilishdir.

Xavfsizlink.uz ning maqsad va vazifalari

Internetdagi shubhali havola va fayllarni aniqlash.

Kamera, mikrofon va lokatsiyaga yashirin ruxsat so‘ralishini oldindan aniqlash.

Foydalanuvchilarni zararli saytlar va firibgarliklardan himoyalash.

Shubhali havola va fayllarni avtomatik tekshirish.

Zararli va firibgarlik saytlarini aniqlash.

Kamera, mikrofon va lokatsiyaga yashirin ruxsatlarni aniqlab, foydalanuvchini ogohlantirish.

Avtomatik yuklab olinadigan fayllarni tahlil qilish.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Havola va fayllarni real vaqt rejimida tekshirish imkoniyati
  • opportunity icon Xalqaro qora ro‘yxatlar bazasi bilan solishtirish funksiyasi
  • opportunity icon Zararli dastur va phishing saytlarni aniqlash funksiyasi
  • opportunity icon Kamera, mikrofon va lokatsiyaga ruxsat so‘rovlarini monitoring qilish
  • opportunity icon Avtomatik yuklab olinadigan fayllarni skanerlash funksiyasi
  • opportunity icon Foydalanuvchini tezkor ogohlantirish mexanizmi
  • opportunity icon Qulay interfeys orqali foydalanish imkoniyati
  • opportunity icon Mobil va kompyuter qurilmalarida ishlash imkoniyati