solution icon
“Vakolat.uz” platformasi
Davlat xizmatlaridan (elektron davlat xizmatlari) foydalanishga ruxsat berish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijalarini olish, shuningdek, hisobga olish ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish uchun mo‘ljallangan platforma. vakolat.adliya.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Notariusga borish shart emas
  • advantage icon Ishonchnoma bir necha daqiqada onlayn tarzda berilishi mumkin.
  • advantage icon Davlat boji yoki xizmat haqi olinmaydi.
  • advantage icon Barcha foydalanuvchilar uchun mavjud
  • advantage icon Har qanday joydan, 24/7 ishlaydi
Loyiha haqida

INormativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni
Normativ-huquqiy asos raqami: PF-113, 20.04.2022
Davlat xizmatlaridan (elektron davlat xizmatlari) foydalanishga ruxsat berish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijalarini olish, shuningdek, hisobga olish ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish uchun mo‘ljallangan platforma

Maqsadi va vazifasi

Davlat xizmatlaridan (elektron davlat xizmatlari) foydalanish va davlat xizmati natijalarini, jumladan tayyor haydovchilik guvohnomasi, identifikatsiya ID-kartasi, xorijga chiqish biometrik pasporti, avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi hamda davlat raqam belgilarini olish uchun vakolat berish;

Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish va ulardan foydalanish uchun soddalashtirilgan tartibda vakolat berish;

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan barcha yuridik shaxslar tomonidan berilgan ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

Notariuslar tomonidan berilgan ishonchnomalarning amalda ekanligini tekshirish va boshqalar.

Yuridik va jismoniy shaxslar hamda notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning haqiqiyligini (muddati, ishonch berilgan shaxslar, sohalar va boshqalar) onlayn rejimda tekshirish;

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda hamda ma’muriy jarayonlarda uchinchi shaxslarning vakilligi platforma orqali aniqlanadi va ishonchnoma nusxalarini talab qilish taqiqlanadi;

Jismoniy shaxslar tomonidan ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi:

Foydalanuvchi ERI yoki Mobil-ID orqali identifikatsiyadan o‘tadi;
Platformaga kiradi;
“Jismoniy shaxs” bo‘limini tanlaydi;
– davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolat beradi;
– davlat xizmati natijalarini olish uchun vakolat beradi;
– shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish uchun vakolat beradi;

Vakolat berishda xizmat turi tanlanadi, ishonch bildirilayotgan shaxs ma’lumotlari kiritiladi hamda vakolat muddati (bir martalik yoki ko‘p martalik, maksimum 3 yil) belgilanadi.

Yakunida unikal raqam shakllanadi va ishonchli shaxs ushbu raqam orqali YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazida boshqa shaxs nomidan harakat qilishi mumkin.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron ishonchnomani ro'yxatdan o'tkazish.
  • opportunity icon O'zgartirish va bekor qilish • Ishonchnomani onlayn rejimda o'zgartirish mumkin • Muddatni o'zgartirish yoki to'liq bekor qilish mumkin
  • opportunity icon Shartnoma muddatini belgilash • Ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddatini foydalanuvchi belgilaydi • Maksimal muddat – 3 yil
  • opportunity icon Tekshirish imkoniyati • Ishonchning haqiqiyligi noyob raqam orqali tasdiqlanishi mumkin • Davlat idoralari va uchinchi shaxslar uchun amal qiladi
  • opportunity icon Hukumat tizimlari bilan integratsiya.