solution icon
“E-Saylov” axborot tizimi
“E-Saylov” axborot tizimi saylov ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq raqamlashtirish, saylov tartibotlarida byurokratiya, ortiqcha vaqt sarfi va hujjatlar aylanishini qisqartirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan. e-saylov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Saylov jarayonlarining shaffofligini oshirish
  • advantage icon Saylov ishtirokchilari va saylov komissiyalari o‘rtasidagi munosabatni to‘liq raqamlashtirish
  • advantage icon Saylovlarga oid ma’lumotlar tasnifini olish
Axborot tizimi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli farmonining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 10-bandiga muvofiq 2024 yilning martida “E-Saylov” axborot tizimi ishlab chiqilgan.

Axborot tizimi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari hamda referendumlarni o‘tkazish uchun yagona axborot tizimi hisoblanadi

Axborot tizimining maqsad va vazifalari

- Saylov jarayonini to‘liq raqamlashtirish orqali saylov xarajatlarini kamaytirish;

- Siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali ularning saylov kampaniyasidagi huquqlarini ta’minlash;

- Hujjatlar almashinuvini elektron tartibda amalga oshirish orqali saylov samaradorligini oshirish;

- Axborot xavfsizligi va shaffoflikni ta’minlash.

- Saylov ishtirokchilari (MSK, HSK, OSK, USK, OAV, MFY, siyosiy partiyalar, ishonchli vakillar, nomzodlar, kuzatuvchilar) ma’lumotlar bazasini yaratish;

- Saylovda ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish yoki vakolatini muddatidan ilgari tugatish jarayonlarini raqamlashtirish;

- Saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash;

- Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari hamda siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishga ijozat berish;

- Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;

- Tuman (shahar) hamda uchastka saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

- Ishonchli vakillarni ro‘yxatga olish;

- Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

- Tizimda saylov ishtirokchilarining beydjlarini avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyatini yaratish.

- Saylov ishtirokchilarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyatini yaratish.

Axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish

SJBATga kirish uchun tizim administratorlari tomonidan login va parollar taqdim etiladi. Taqdim etilgan login va parollar orqali tizimdan foydalanish huquqi Markaziy saylov komissiyasi, Viloyat saylov komissiyasi, Tuman va shahar saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyasi, shtablar, trenerlar, partiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Saylov komissiyalari a’zolari, vakolatli vakillar, deputatlikka nomzodlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va kuzatuvchilarga oid ma’lumotlar bilan tanishish
  • opportunity icon Saylangan deputatlar bilan tanishish
  • opportunity icon Saylov natijalarini e’lon qilish