DMBAT-2 zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda davlat moliyasini boshqarish tizimini kompleks avtomatlashtirishni ta'minlash uchun mo‘ljallangan: budjet hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish; davlat aktivlari va majburiyatlarini aks ettiruvchi IPSAS standartlariga muvofiq konsolidatsiyalangan budjet hisobotlarini yaratish; hisoblash usulini qo‘llash orqali davlat aktivlarining haqiqiy holatini aniqlash imkoniyatini yaratish; davlat aktivlari va majburiyatlari ustidan nazoratni kuchaytirish imkoniyati; Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi va Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro institutlarning talablarini bajarish; xarajatlar monitoringini takomillashtirish.
Tizim maqsadlari:
Barcha budjet tashkilotlari, budjet mablagʼlarini oluvchilar, maqsadli jamgʼarmalar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, qayta ishlash va boshqarish;
Davlat budjetini rejalashtirish, nazorat qilish, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish;
Davlat budjeti daromadlarining hisobini, tushumi va taqsimotini yuritish;
G‘aznachilik operatsiyalarini uzluksiz bajarish;
Budjet parametrlarini boshqa
Tizim vazifalari:
Budjetni rejalashtirish, g‘azna ijrosini ta’minlash, daromadlar tushumi va taqsimotini yuritish, foydalanuvchilar rollarini boshqarish va axborot xavfsizligini ta’minlagan holda tashqi tizimlar bilan ma’lumot almashish.
Oxirgi 3-5 yil uchun raqamlarda statistika
- foydalanuvchilar soni - 7100,
- integratsiyalashgan tizimlar soni -15,