solution icon
O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yagona korporativ axborot portali (Openinfo)
Tizimning asosiy maqsadi emitentlarga o’zining moliyaviy hisobotlarini va muhim faktlarini oshkor qilishi uchun imkoniyat yaratish va investorlarga emitent haqidagi ochiq ma’lumotlarni taqdim qilish. new.openinfo.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Investorlar uchun shaxsiy kabinet yaratilganligi va analitik ma’lumotlarga ega bo’lishi
  • advantage icon O’zbekistondagi barcha aksiyadorlik jamiyatlari ma’lumotlari jamlanganligi
  • advantage icon Qulay interfeys va elektron pochta orqali xabarnoma olish
  • advantage icon Ma’lumotlarni telegram bot orqali olish imkoniyati
  • advantage icon Emitentlarning hisobotlari ERI kalit orqali tasdiqlanishi
Portal haqida

Openinfo axborot portali Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yildagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383) asosida ishlab chiqilgan.

 

Mazkur portal qimmatli qogʻozlar bozorida axborotlarning oshkoraligini ta’minlash maqsadida yaratilgan bo‘lib, emitentlar tomonidan majburiy ravishda oshkor qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni yagona axborot resursida jamlashga xizmat qiladi. Xususan, portal orqali emitentlar muhim faktlar, moliyaviy hisobotlar (yillik va choraklik, BXMS hamda auditorlik xulosalari bilan birga), emissiya prospektlari, ustav hujjatlari va rasmiy e’lonlarni joylashtiradilar.

 

Openinfo portali nafaqat emitentlar, balki investorlar va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib, oshkor etilgan ma’lumotlarning tushunarli, tizimli va qulay shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi. Portal investorlarning xabardorligini oshirish hamda qimmatli qogʻozlar bozorida ishonchli axborot muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:

Openinfo axborot portalining asosiy maqsadi qimmatli qogʻozlar bozorida axborotlarning oshkoraligini ta’minlash orqali emitentlarga o‘z faoliyati va majburiy oshkor etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish uchun yagona va ishonchli platforma yaratishdan iborat.
Portalning yana bir muhim maqsadi oshkor qilingan ma’lumotlarni investorlar va boshqa manfaatdor foydalanuvchilarga tartibli, qulay va tushunarli interfeys orqali taqdim etish, shuningdek, investitsion qarorlar qabul qilish jarayonida axborotdan samarali foydalanish imkonini yaratishdir.
Bundan tashqari, tizimning maqsadlaridan biri emitentlar tomonidan hisobot va ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda joylashtirilishini ta’minlash hamda ushbu jarayon ustidan vakolatli organlar va moderatorlar tomonidan nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi mexanizmlarni joriy etishdan iborat.

Tizim vazifalari:
Openinfo axborot portali quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  • emitentlar tomonidan majburiy oshkor qilinishi lozim bo‘lgan axborotlarni elektron shaklda qabul qilish, saqlash va e’lon qilish;
  • moliyaviy hisobotlar, muhim faktlar, emissiya hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni yagona axborot maydonida tizimlashtirish;
  • investorlar uchun emitentlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan qulay va tezkor foydalanish imkonini yaratish;
  • hisobotlarning belgilangan muddatlarda taqdim etilishini monitoring qilish va bu borada moderatorlar uchun nazorat mexanizmlarini ta’minlash;
  • axborotlarning ishonchliligi va yaxlitligini ta’minlash orqali bozor ishtirokchilari o‘rtasida ochiqlik va ishonch muhitini shakllantirish.
     

Statistika

2022-yil: Emitentlar soni — 607 ta AJ va 20 ta MCHJ; jami oshkor qilingan axborotlar — 8 201 ta (AJ) va 36 ta (MCHJ); shu jumladan, muhim faktlar — 5 965 / 32 ta, emissiya risolalari — 12 / 4 ta, choraklik hisobotlar — 1 535 / 0 ta, yillik hisobotlar — 486 / 0 ta hamda ustavlar — 293 / 17 tani tashkil etdi.


2023-yil: Emitentlar soni — 618 ta AJ va 23 ta MCHJ; jami oshkor qilingan axborotlar — 6 379 ta (AJ) va 26 ta (MCHJ); shu jumladan, muhim faktlar — 4 738 / 24 ta, emissiya risolalari — 16 / 2 ta, choraklik hisobotlar — 1 205 / 0 ta, yillik hisobotlar — 395 / 0 ta hamda ustavlar — 232 / 2 tani tashkil etdi.


2024-yil: Emitentlar soni — 706 ta AJ va 32 ta MCHJ; jami oshkor qilingan axborotlar — 7 806 ta (AJ) va 56 ta (MCHJ); shu jumladan, muhim faktlar — 5 999 / 44 ta, emissiya risolalari — 18 / 1 ta, choraklik hisobotlar — 1 350 / 0 ta, yillik hisobotlar — 415 / 0 ta hamda ustavlar — 323 / 9 tani tashkil etdi.


2025-yil: Emitentlar soni — 704 ta AJ va 35 ta MCHJ; jami oshkor qilingan axborotlar — 8 204 ta (AJ) va 140 ta (MCHJ); shu jumladan, muhim faktlar — 6 312 / 82 ta, emissiya risolalari — 5 / 1 ta, choraklik hisobotlar — 1 358 / 0 ta, yillik hisobotlar — 440 / 0 ta hamda ustavlar — 269 / 6 tani tashkil etdi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon investorlar uchun shaxsiy kabinet orqali emitentlar bo‘yicha analitik va statistik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati;
  • opportunity icon yangi e’lon qilingan ma’lumotlar va muhim yangiliklar bo‘yicha elektron pochta orqali xabarnomalar olish;
  • opportunity icon Telegram bot orqali portalda joylashtirilgan ma’lumotlar va yangiliklardan tezkor xabardor bo‘lish;
  • opportunity icon har bir aksiyadorlik jamiyati (AJ) bo‘yicha barcha muhim ma’lumotlarni yagona sahifada ko‘rish imkoniyati;
  • opportunity icon moliyaviy ko‘rsatkichlarni vizual tahlil qilish uchun diagramma va grafiklar orqali aks ettirish funksiyasi.