Jahon dayjesti: Raqamli identifikatsiya sohasidagi sönggi yangiliklar
2026-11-05 12:00

Ontario ma’muriyati raqamli şaxsiy hujjatlarni bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etişini e’lon qildi.

Kanada

Ontario ma’muriyati raqamli şaxsiy hujjatlarni bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etişini e’lon qildi.

Loyiha dastlab «Ontario Photo Card» hujjatining elektron versiyasini yaratişdan boşlanadi. Xususiy sektor va şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi böyiça ekspertlar bilan muhokamalar joriy yil oxirida yölga qöyiladi. Keyingi bosqiçlarda esa aholi xohişiga köra elektron haydovçilik guvohnomasi va raqamli tibbiy kartalar joriy etilişi kutilmoqda.

Şu bilan birga, 2027-yil oxirigaça yangi qonun işlab çiqilib, unda fuqarolarning raqamli pasport örniga odatiy plastik yoki qoğoz hujjatlardan foydalaniş huquqi huquqiy jihatdan kafolatlanadi.

Vetnam

Vetnam hukumati elektron identifikatsiya qamrovini nafaqat fuqarolar va taşkilotlar, balki tovarlar, raqamli aktivlar (kriptovalyutalar), moliyaviy amaliyotlar va geografik manzillarni ham qamrab oladigan darajada kengaytirmoqçi.

Jamoat xavfsizligi vaziri Liong Tam Kuang Milliy Assambleyaga taqdim etgan qonun loyihasiga köra, tizimda soxta biometrik ma’lumotlardan yoki sun’iy intellekt yordamida yaratilgan fotosuratlardan foydalaniş qat’iyan taqiqlanadi.

Uşbu yangi tizim «VNeID» milliy ilovasini, yagona markaziy ma’lumotlar bazasini va elektron hujjatlarni tekşiriş platformasini öz içiga oladi.

Italiya

Italiyaning şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş qömitasi umumevropa raqamli hamyoni — «European Digital Identity Wallet» tizimining mamlakatdagi texnik loyihasini rasman tasdiqladi.

Qömita «IT-Wallet» tizimi amaldagi xavfsizlik talablariga töliq mos kelişini bildirdi va loyihaga özgartiriş kiritmadi.

Gonkong

Gonkong xalqaro aeroporti Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) «One ID» dasturi böyiça rasmiy sertifikatga ega böldi.

Endilikda yölovçilar nazorat punktlaridan ötişda pasport yoki çiptalarini qayta-qayta körsatib ötirmaydi, tizim biometrik texnologiyalar va raqamli ID orqali işlaydi.

Şuning barobarida, IATA vakillari turli davlatlardagi qonunçilik va şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş qoidalari har xil bölgani sababli, dunyo böylab biometrik tizimlarni joriy etiş kutilganidan sekinroq keçayotganini ta’kidlaşdi.

Pokiston

Pokiston hukumati Jahon banki kömagida amalga oşirilayotgan 78 million dollarlik raqamli iqtisodiyot loyihasi doirasida aholi uçun eng zarur bölgan 10 ta davlat xizmatini töliq raqamli formatga ötkazdi.

Loyiha doirasida yagona kiriş tizimi (Single Sign-On) idoralararo ma’lumot almaşiş milliy platformasi bilan boğlandi. Endilikda fuqarolar «PakID Vault» tizimi orqali milliy pasport, ID-karta va boşqa rasmiy hujjatlarning raqamli nusxalaridan erkin foydalanişlari mumkin.

Urugvay

Urugvay 2026-yil oxirigaça milliy ID-kartasi — «cédula»ning raqamli versiyasini sinovdan ötkazişni boşlaydi.

Loyihani keng miqyosda joriy etiş esa 2027-yilning örtalariga rejalaştirilgan.

Mamlakat Elektron hukumat agentligi («Agesic») yangi raqamli tizimni avval kam sonli foydalanuvçilar iştirokida sinovdan ötkazadi. Şundan söng u davlat idoralari va xususiy kompaniyalarda joriy etiladi. Bundan taşqari, yangi mobil ilova yordamida smartfonlar oddiy plastik ID kartalardagi çiplarni töğridan töğri öqiy oladi. Bu esa qöşimça kart-rider (karta öquvçi) qurilmalarini sotib olişga ehtiyoj qoldirmaydi.

Turkiya

Turkiya 2027-yilda milliy-raqamli hamyon prototipini yaratişni rejalaştirmoqda.

Uşbu hamyonda dastlab fuqarolarning asosiy şaxsiy ma’lumotlari va diplomlari elektron şaklda saqlanadi. Loyiha sinov tariqasida avval davlat xizmatçilari va ma’lum bir oliy ta’lim muassasasida sinab köriladi.

Jarayonga Kiberxavfsizlik direksiyasi va Içki işlar vazirligi rahbarlik qilmoqda. Ayni paytda mamlakatning «e-Devlet» yagona portali orqali 1 130 ta davlat idorasining 9 436 ta xizmatidan foydalaniş imkoniyati mavjud.

Armaniston

Armanistonda biometrik pasport va ID-kartalarni berişning yangi tizimi 1-noyabrdan işga tuşdi.

Endi fuqarolar onlayn röyxatdan ötib, tölovni amalga oşiradilar, Içki işlar vazirligi esa ma’lumotlarni Aholi davlat reyestri orqali tekşiradi. Ariza ma’qullangandan söng, fuqarolar barmoq izi va suratga tuşiş uçun xizmat körsatiş markazlariga murojaat qiladilar.

Yangi hujjatlar Yevropa Ittifoqi standartlariga töliq mos keladi.

Yaqin Şarq

Raqamli xavfsizlik xizmatlarini körsatuvçi «eMudhra» kompaniyasi Yaqin Şarq va Afrikadagi mijozlari global tizimda yuz bergan kiberhodisadan jabr körmaganini ma’lum qildi.

Ma’lum bölişiça, xavfsizlik tizimidagi uziliş foydalanuvçilarga töğridan töğri hujjat bermaydigan 8 ta yordamçi tarmoqda kuzatilgan. Tergov natijalariga köra, mijozlarning heç qanday şaxsiy ma’lumotlari yoki texnik bazasi zarar körmagan. Kompaniya xavfsizlikni yanada kuçaytiriş maqsadida mijozlariga qöşimça variant sifatida «Sectigo» taşkilotining raqamli himoya sertifikatlarini taklif qilmoqda.

Hozirda hodisa yuzasidan tekşiruvlar davom etmoqda va içki nazorat tizimi qayta körib çiqilyapti.

Global hamkorlik

«Telesign» va «Microsoft» hamkorlikda yangi xavfsizlik yeçimini taqdim etdi.

Endilikda taşkilotlar «Microsoft» tizimlarida odatiy SMS-parollar va ovozli tasdiqlaş xizmatlaridan foydalanişda davom etişlari mumkin. Bu imkoniyat «Microsoft» xavfsizlikning yangi standartiga (passkeys) ötayotgani sababli joriy etildi.

Eski usulni saqlab qolmoqçi bölgan kompaniyalar 2027-yilning 1-fevraliga qadar tegişli sozlamalarni amalga oşirişlari kerak. Xizmat «Azure» bulutli tizimi orqali osongina boşqariladi va tölanadi.

2606 просмотров
Дата изменения:2026-11-24 18:08