Bizning missiya - raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish
“Raqamli hukumat – 2028” strategiyasi (keyingi oʻrinlarda – Strategiya) ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini taʼminlash, shu jumladan raqamli davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining raqamli hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari hamda oʻrta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Raqamli hukumatni rivojlantirishning asosiy 9 ta tamoyili quyidagilar hisoblanadi:
“Raqamli hukumat - 2028” strategiyasi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan ustuvor vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadiga erishishga 9 ta milliy vazifa qaratilgan bo‘lib,
4.4-vazifaga muvofiq 2030-yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega bo‘lish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ko‘nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish belgilangan. Ushbu vazifani amalga oshirilishini o’lchovchi ko’rsatkichlardan biri “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalarning ulushi (ko‘nikma turlari bo‘yicha)” bo‘lib, “Raqamli hukumat - 2028” strategiyasining 2.6.-bo‘limida aholining barcha qatlamlari orasida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar belgilangan.
Shuningdek, Strategiyaning 2.2-bo‘limida (Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari) keltirilgan chora-tadbirlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish hamda Internetdan foydalanishni hamma uchun ochiq va arzon bo'lishini ta’minlashga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 9.c-maqsadiga erishishga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida 2030 yilgacha 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha erishiladigan 100 ta maqsad va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan. Ushbu maqsadlarning 33- 57- va 77-lari raqamlashtirish sohasi bilan bevosita bog‘liq. Hususan, «O‘zbekiston - 2030» strategiyasining 57-maqsadida raqamli hukumat yo‘nalishi bo‘yicha BMTning Elektron hukumat reytingida top-30 talikka kirishga erishish, «Raqamli hukumat» dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish, 77-maqsadga muvofiq esa - davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan. Jumladan, “Raqamli hukumat - 2028” strategiyasining 2.2-bo‘limida Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, 2.3.- bo‘limida davlat xizmatlarini raqamlashtirishni rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar qayd etilgan.